3D tasvirlarini ko'rish
3D - bu tasvirga teranlik taqdim etgan holda binokulyar nomuvofiqlikka asoslanga tasvirlarni namoyish qiluvchi texnologiyadir.
  1. 3D sarlavhani o'ynating yoki 3D tarkibni efirga uzatuvchi kanalga o'zgartiring.
  2. 3D ko'zoynaklarini taqing.
  3. Agar siz 3D button on the remote control tugmasini bossangiz, tasvir 3D rejimiga o'tadi.
  4. 3D videoni ko'rish vaqtida 3D videoni to'xtatish uchun 3D button on the remote control tugmasini bosing.
Kirish signaliga bog'liq ravishda mavjud 3D turlari turlicha bo'lishi mumkin.
3D videolarni ko'rishdagi ehtiyot choralari
3D videolarni ekran diagonal o'lchamining ikki barobaridan ko'proq masofada turib ko'rish tavsiya qilinadi.
Zaryadlashni talab qiladigan zatvor turidagi ko'zoynaklar bilan 3D videoni to'g'ri ko'rib bo'lmaydi.
Agar ushbu TV tomonidan qo'llab-quvvatlanmaydigan 3D efir signallari bozorda qabul qilinsa, shunday 3D efir signallarini ko'ra olish uchun TV pristavkasi kabi qurilmani sotib olishingiz talab qilinishi mumkin.
3D video ko'zoynaklaridan foydalanishdagi ehtiyot choralari
3D ko'zoynaklaridan oddiy ko'zoynaklar, quyosh nurlaridan himoyalash ko'zoynaklari yoki himoya ko'zoynaklari sifatida foydalanmang. Bunday qilish jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
3D ko'zoynaklarini juda issiq yoki juda sovuq sharoitlarda saqlamang. Bunday qilish ularning buzilishiga olib kelishi mumkin. Deformatsiyalangan ko'zoynaklardan foydalanmang.
3D ko'zoynaklarini tushirmang yoki boshqa narsalar bilan aloqada bo'lmasin. Bunday qilish mahsulotning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
3D ko'zoynaklarining linzalari (polyarizatsion plyonka) osongina tirnaladi. Ularni tozalash uchun yumshoq, toza lattadan foydalaning. Ogohlantirish: Lattadagi begona zarrachalar ko'zoynakning tirnalishiga sabab bo'lishi mumkin.
O'tkir narsalar bilan 3D ko'zoynaklarining linzalari yuzasini tirnamang yoki ularni kimyoviy mahsulotlar bilan artmang. Agar linzalar tirnalsa, 3D tasvirlari yaxshi ko'rinmasligi mumkin.