Yuqoriga > Ishlatish > Quritish dasturi > Quritish dasturidan foydalanish

Quritish dasturidan foydalanish

Quyidagi quritish funksiyalaridan foydalangan holda dasturni sozlashingiz mumkin:

Odatiy (@)

Quritish dasturi davomida quritish vaqti va energiya sarfini kamaytiradi.

  • Mato turi: Paxta sochiqlar, ko‘ylaklar va choyshablar kabi paxta yoki zig‘ir toladan ishlangan kiyimlar.

  • Maksimal yuklanma: Nominal

Vaqt 30/60/120 daqiqa (&)

Quritish vaqtini maksimal yuklamga muvofiq o‘zgartiring.

  • Mato turi: Paxtadan qilingan materiallar, sochiqlar

  • Maks. yuklanma: 0,5 kg (30 daqiqa), 1 kg (60 daqiqa), 3 kg (120 daqiqa)

Dazmol (-)

Quruq kiyimlarni nam holatda oson dazmollash uchun mos keladi.

  • Mato turi: Sikl tugashi bilan dazmollashga tayyor paxta yoki zig‘ir tolali matolar.

  • Maksimal yuklanma: Nominal

Past harorat (*)

Kiyimlarni kamroq darajada shikastlash uchun past haroratda quritishga mosdir.

  • Mato turi: Nozir matolar uchun

  • Maksimal yuklanma: 3,5 kg

Izoh
  • Mashinaning kir yuvish uchun sig‘imi kirlarni quritishdagi hajmidan ikki marta katta. Agar mashinadan kirlarni quritish uchun foydalanilsa, quritish samaradorligini ta’minlash uchun yuklanma kichikroq bo‘lishi kerak. Agar to‘liq yuklanish bilan yuvilsa, quritish boshlanishidan avval yuklanmaning yarmini olib tashlang.

  • Barcha quritish sikllari quritishdan avval kirlardan imkoni boricha ko‘proq namlikni chiqarib tashlash uchun qisqa siqish sikli bilan boshlanadi.

Yuvish va quritish funksiyasidan foydalanish.

  • Kiyimlarni tayyorlang va barabanga soling.

    • Kirlar bir tekis qurishi uchun yuklanmadagi barcha buyumlar o‘xshash materialdan qilingan va bir hil qalinlikda bo‘lishi kerak.

    • Barabanga ortiqcha kir solmang. Kirlar bemalol aylanadigan bo‘lishi kerak.

  • Питание (Quvvat) tugmasini bosing.

  • Yuvish dasturini tanlang.

  • Kir yuvish kukuni qo‘shing.

  • Tanlanmalar bo‘ylab o‘tish uchun Сушка (Quritish) tugmasini qayta-qayta bosing:

    • Normal (@) - Umumiy quritish uchun

    • Vaqt 30/60/120 daqiqa (&) - Vaqt bo‘yicha quritish uchun

    • Dazmol (-) - Buyumlarni dazmollash uchun nam quritish uchun

    • Past harorat (*) - Nozik matolar uchun

  • Пуск/Пауза (Boshlash/To‘xtatish) tugmasini bosing.

Faqat Quritish funksiyasidan foydalanish

  • Kiyimlarni tayyorlang va barabanga soling.

    • Kirlar bir tekis qurishi uchun yuklanmadagi barcha buyumlar o‘xshash materialdan qilingan va bir hil qalinlikda bo‘lishi kerak.

    • Barabanni ortiqcha yuklantirmang. Kiyimlar erkin aylanishi uchun yetarlicha bo‘sh joy bo‘lishi kerak.

  • Питание (Quvvat) tugmasini bosing.

    • Kir yuvish dasturini tanlamang va kir yuvish vositasini qo'shmang.

  • Tanlanmalar bo‘ylab o‘tish uchun Сушка (Quritish) tugmasini qayta-qayta bosing:

    • Normal (@) - Umumiy quritish uchun

    • Vaqt 30/60/120 daqiqa (&) - Vaqt bo‘yicha quritish uchun

    • Dazmol (-) - Buyumlarni dazmollash uchun nam quritish uchun

    • Past harorat (*) - Nozik matolar uchun

  • Пуск/Пауза (Boshlash/To‘xtatish) tugmasini bosing.

Izoh
  • Agar bu dasturni tanlasangiz, quritish siklini tanlay olmaysiz. Ushbu holatda mashinani o‘chirib-yoqish uchun Питание (Quvvat) tugmasini ikki marta bosing.

Suvsiz havoni kondensatlash bilan quritishdan foydalanish

Kondensatlash uchun suvni sarflamay turib havoni siqib quritish uchun EcoHybrid opsiyasidan foydalanish mumkin.

  • Kiyimlarni tayyorlang va barabanga soling.

    • Kirlar bir tekis qurishi uchun yuklanmadagi barcha buyumlar o‘xshash materialdan qilingan va bir hil qalinlikda bo‘lishi kerak.

    • Barabanni ortiqcha yuklantirmang. Kiyimlar erkin aylanishi uchun yetarlicha bo‘sh joy bo‘lishi kerak.

  • Питание (Quvvat) tugmasini bosing.

  • Quritish dasturni tanlang.

  • EcoHybrid tugmasini bosing.

  • Пуск/Пауза (Boshlash/To‘xtatish) tugmasini bosing.