Har bir dastur avtomatik tarzda tanlanuvchi standart sozlamalarga ega. Bu tugmalardan foydalanib ushbu sozlamalarni sozlashingiz ham mumkin.
Bu funksiyadan me’yorida va og‘ir kirlangan kirlarni yuvish uchun foydalaniladi.
Kirlanish darajasini tanlash uchun Загрязнение (Kirlanish) tugmasini bosing.
Bu tugma tanlangan dastur uchun yuvish haroratini tanlaydi.
Kerakli sozlama yongunicha Температура (Harorat) tugmasini bosing.
Yuvish uchun kirlar turiga mos keladigan suv haroratini tanlang. Yaxshi natijaga erishish uchun kiyimdagi yorliqlarga amal qiling.
Bu tugmani takroran bosish orqali siqish jadalligini tanlash mumkin.
Siqish tezligini tanlash uchun Отжим (Siqish) tugmasini bosing.
Agar O siqish darajasi tanlansa, kir yuvish mashinasining barabani quritishdan avval aylanadi.
Bu funksiya kir yuvish vositalariga allergiyalari bo‘lgan kishilar uchun tavsiya qilinadi.
Bitta chayish qo‘shish uchun Отжим (Siqish) tugmasini 3 soniya bosib turing.
Kiyimlarni tayyorlang va barabanga soling.
Питание (Quvvat) tugmasini bosing.
Kir yuvish kukuni qo‘shing.
Yuvish dasturini tanlang.
Zarur hollarda kir yuvish dasturini sozlang (Загрязнение (Kirlanish), Температура (Harorat), Отжим (Siqish) va Полоскание+ (Chayish+)).
Пуск/Пауза (Boshlash/To‘xtatish) tugmasini bosing.
Kiyimlarni tayyorlang va barabanga soling.
Питание (Quvvat) tugmasini bosing.
Kir yuvish dasturini tanlamang va kir yuvish vositasini qo'shmang.
Отжим (Siqish) tugmasini bosing.
Пуск/Пауза (Boshlash/To‘xtatish) tugmasini bosing.
Agar ushbu kir yuvish dasturni tanlasangiz, faqat siqish siklini tanlay olmaysiz. Agar bu yuz bersa, mashinani o‘chirib-yoqish uchun Питание (Quvvat) tugmasini ikki marta bosing.