Barcha sim bog‘ichlari a ni uzing. Yerga ulash simi b ni bo‘shating.
Modelga bog‘liq ravishda sim bog‘ichlar soni farq qilishi mumkin.
Sharnir dastagi c ni soat strelkasiga qarama-qarshi yo‘nalishda aylantiring. Yuqori sharnir d ni sharnir dastagi lo‘kidoni e dan tepaga ko‘tarib bo‘shating.
Sharnirni lo‘kidonidan ko‘tarib bo‘shatishda eshikning oldinga qulab tushmasligi uchun ehtiyot bo‘ling. Eshikni olish yoki o‘rnatishda ikki yoki undan ortiq odam uni ushlab turishi tavsiya etiladi.
Eshikni o‘rta sharnir shtiftidan ko‘taring va chiqarib oling.
Eshikni yuzasini tepaga qilgan holda tirnamaydigan yuzaga joylashtiring.