Bu xususiyat faqat ayrim modellarda mavjud.
1-boshqaruv paneli: Sovutgich eshigida | 2-boshqaruv paneli: Muzvona ichida |
Fridge
1 °C dan 7 °C gacha oraliqdagi kerakli haroratni tanlash uchun bu tugmani qayta-qayta bosing.
Sovutkichning sukut bo‘yicha harorati 3 °C.
Express Cool
Bu funksiya sabzavotlar, mevalar kabi katta miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlarini tez sovutishi mumkin.
Bu funksiya mazkur tugmani har safar 3 soniya bosib turganingizda navbatma-navbat o‘chib yonadi.
Freezer
-15 °C dan -23 °C gacha oraliqdagi kerakli haroratni tanlash uchun bu tugmani qayta-qayta bosing.
Muzlatish kamerasining sukut bo‘yicha harorati -18 °C.
Express Freeze
Bu funksiya ko‘p miqdordagi muz yoki muzlagan oziq-ovqat mahsulotlarini tez muzlatish imkonini beradi.
Bu funksiya mazkur tugmani har safar 3 soniya bosib turganingizda navbatma-navbat o‘chib yonadi.
Bu funksiya ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng avtomatik tarzda o‘chadi.
Bu rejim yoqilganida shovqinlar hosil bo‘lishi va energiya iste’moli ortishi mumkin.
Vacation
Bu funksiya ta’til tufayli uydan uzoqda bo‘lganingizda foydalidir, chunki u energiya sarfini kamaytiradi. Bu funksiya yoqilganida sovutgich harorati 7 °C va muzlatish kamerasi harorati -15 °C bo‘ladi. Bu funksiya o‘chirib qo‘yilganida sovutgich va muzlatish kamerasi harorati avvalgi harorat sozlamalariga qaytadi.
Bu funksiya mazkur tugmani har bosganingizda navbatma-navbat o‘chib yonadi.
Bu funksiya yoqilganida Lock va Wi-Fi tugmalaridan boshqa tugmalar ishlamaydi.
Bu funksiya yoqilganida sukut bo‘yicha haroratga qaraganda pastroq haroratni talab qiluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda ehtiyot bo‘ling.
Uyda qaytganingizda boshqa tugmalarni blokdan chiqarish va muzlatkichni avvalgi sozlamalariga qaytarish uchun bu funksiyani o‘chirib qo‘yishni unutmang.
Wi-Fi*1
Bu tugma jihozni uydagi Wi-Fi tarmog‘iga ulashga imkon beradi. LG ThinQ ilovasining dastlabki o‘rnatish bo‘yicha ma’lumotlar olish uchun SMART FUNCTIONS bo‘limiga qarang.
Lock*1
Bu boshqaruv panelidagi tugmalarni qulflab qo‘yadi.
Boshqaruv paneli tugmalarini qulflab qo‘yish uchun Lock tigmasini funksiya faollashtirilgunicha 3 soniya bosib turing.
Bu funksiyasi o‘chirib qo‘yish uchun Lock tigmasini funksiya faolsizlashtirilgunicha 3 soniya bosib turing.
Oziq-ovqat mahsulotlarini optimal tarzda saqlash uchun bar bir bo‘lma uchun sukut bo‘yicha haroratdan 1 °C yoki bir daraja oshirish yoki kamaytirish tavsiya qilinadi.
Energiyani tejash uchun boshqaruv paneli avtomatik ravishda o‘chadi.
Jihozni tozalash davomida biror barmoq yoki teri boshqaruv paneliga tegib ketsa, ushbu tugma funksiyasi ishga tushib ketishi mumkin.