Ushbu funksiya faqat Wi-Fi li modellarda mavjud.
LG ThinQ ilovasi sizga smartfondan foydalangan holda qurilma bilan muloqot qilish imkonini beradi.
LG ThinQ ilovasi funksiyalari
Qulay aqlli funksiyalardan foydalanib smartfoningiz yordamida qurilma bilan muloqot qiling.Smart DiagnosisJihozdan foydalanishda muammoga duch kelsangiz, ushbu Smart Diagnosis funksiyasi muammoni aniqlashga yordam beradi.SozlamalarSizga jihoz va ilovadagi turli opsiyalarni o‘rnatishga imkon beradiAgar siz simsiz router, internet xizmat provayderingiz yoki parolingizni almashtirsangiz, LG ThinQ ilovasidan ro‘yxatdan o‘tgan qurilmani o‘chiring va uni qaytadan registratsiya qiling.Jihozning ishlashini yaxshilash maqsadlarida ilova foydalanuvchilarni avvaldan xabardor qilmagan holda o‘zgartirilishi mumkin.Modelga bog‘liq ravishda funksiyalar farq qilishi mumkin.
LG ThinQ ilovasidan foydalanishdan oldin
Jihoz bilan simsiz marshrutizator (Wi-Fi tarmoq) orasidagi masofani tekshiring.Agar jihoz va simsiz router orasidagi masofa juda uzoq bo‘lsa, signal kuchsizlanadi. Uni registratsiya qilishga uzoq vaqt ketishi yoki ilova o‘rnatilmasligi mumkin.Smartfoningizda Mobil internet yoki Uyali internet funksiyasini o‘chiring.Smartfonni simsiz routerga ulang.Wi-Fi aloqasini tekshirish uchun boshqaruv panelida f belgisi yoqilganini tekshiring.Bu jihoz faqat 2,4 GGs chastotali Wi-Fi tarmoqlarda ishlaydi. Tarmoq chastotasini tekshirish uchun internet-provayderingizga murojaat qiling yoki simsiz router qo‘llanmasiga qarang.LG ThinQ tarmoqqa ulanish muammolari yoki tarmoqda yuzaga kelgan har qanday nosozlik, noto‘g‘ri ishlash yoki xatolarni bartaraf qilish uchun mo'ljallanmagan.Agar jihozlar Wi-Fi tarmog‘iga ulana olmasa, muammo jihoz rauterdan uzoqda joylashganligi sababli yuzaga kelgan bo'lishi mumkin. Wi-Fi signalini kuchaytirish uchun Wi-Fi retranslyator (signal kuchaytirgich) sotib oling.Uy tarmog‘i muhiti tufayli Wi-Fi ulanishi ulanmasligi yoki uzilib qolishi mumkin.Internet xizmati provayderiga bo‘g‘liq ravishda tarmoq ulanishi to‘g‘ri ishlamasligi mumkin.Atrofdagi simsiz aloqa muhiti simsiz tarmoq xizmatining sekin ishlashiga sabab bo‘lishi mumkin.Agar simsiz signal uzatish bilan bog‘liq muammolar tufayli jihozni ulab bo‘lmasa, qurilmani elektr tarmog‘idan uzing va qayta urinishdan oldin taxminan bir daqiqa kuting.Agar simsiz marshrutizatoringizda brandmauer yoqilgan bo‘lsa, brandmauerni o‘chiring yoki uniga istisno qo‘shing.Simsiz tarmoq nomi (SSID) ingliz harflari va raqamlari birlashmasidan iborat bo‘lsin. (Maxsus belgilardan foydalanmang.)Smartfonning foydalanuvchi interfeysi (UI) mobil operatsion tizim (OS) va ishlab chiqaruvchiga qarab farq qilishi mumkin.Routerning xavfsizlik protokoli WEP qilib sozlangan bo‘lsa, tarmoq sozlanmasligi mumkin.Uni boshqa xavfsizlik protokollariga o‘zgartiring (WPA2 tavsiya etiladi) va mahsulotni qayta registratsiya qiling.
LG ThinQ ilovasini o‘rnatish
Smartfonda LG ThinQ ilovasini Google Play Market yoki Apple App Store’dan qidiring. Ilovani yuklab olish va o‘rnatish uchun ko‘rsatmalarga amal qiling.
Ochiq manba dasturi eslatmasi
Manba kodini majburiy oshkor qilishni nazarda tutuvchi GPL, LGPL, MPL va boshqa ochiq manbali litsenziyalar shartlari asosida bu mahsulotda mavjud boʻlgan manba kodini olish, shuningdek qayd etilgan litsenziya shartlariga, mualliflik huquqi toʻgʻrisidagi xabarnomalarga va boshqa tegishli hujjatlarga kirish uchun https://opensource.lge.com saytiga tashrif buyuring.LG Electronics opensource@lge.com manziliga so‘rov yuborilgan hollarda bunday yetkazib berish xarajatlarini (jumladan, tashuvchi qiymati, jo‘natish va qayta ishlash xarajatlarini) qoplovchi to‘lov evaziga CD-ROM orqali ham ochiq turdagi kodni yetkazib beradi.Ushbu taklif ushbu mahsulotni oxirgi jo‘natganimizdan keyin uch yil davomida ushbu ma’lumotni olgan har bir kishi uchun amal qiladi.