Ishlatish bo‘yicha izohlar
Ichki havo aylanishi uchun havo oqimining yo‘nalishini vertikal yoki gorizontal ravishda sozlang.Qisqa vaqt ichida xona ichidagi havoni tez sovutish yoki isitish uchun ventilyator tezligini oshiring.Qurilmani o‘chiring va xonani shamollatish uchun vaqti-vaqti bilan derazalarni oching. Agar jihoz uzoq vaqt ishlatilsa, xona ichidagi havo sifati yomonlashishi mumkin.Havo filtrini har 2 haftada bir marta tozalang. Havo filtrida to‘plangan chang va kirlar havo oqimini to‘sib qo‘yishi yoki qurilmaning ish samaradorligini pasaytirishi mumkin.
Energiyani tejash bo‘yicha masalahatlar
Xonani o‘ta sovutib yubormang. Bu sog‘lig‘ingizga zararli bo‘lishi hamda elektr iste’molini oshirishi mumkin.Qurilmani ishlatayotgan paytda xonaga tushayotgan quyosh nurini jalyuzi yoki parda yordamida to‘sing.Qurilmani ishlatayotgan paytingizda eshiklar yoki derazalar mahkam yopiq bo‘lishi kerak.