Product

Masofadan boshqarish pultini koʻrib chiqish

Mahsulotning barcha funksiyalarini quvvatni yoqish/o‘chirishdan tortib, kinoga xos tovushni yoqishgacha masofadan boshqarish pulti orqali boshqarishingiz mumkin.

3170.png

Batareyani almashtirish

10097.png

1,5 V li AA turidagi batareyalardan foydalaning. Ikkita batareyani ko‘rsatilgan yo‘nalishlarga muvofiq masofadan boshqarish pultiga joylashtirib almashtiring.

  1. A Masofadan boshqarish pultining orqa tomonidagi batareya uyachasi qopqogʻini oching.
  2. B Batareyalarni + va – uchlarini belgilariga mos ravishda joylashtiring.
  3. C Batareya uychasi qopqogʻini yoping.

Batareyani noto‘g‘ri turdagi batareyaga almashtirish yong‘in yoki portlash xavfini tug‘diradi.

a

Quvvat 3208.png

Mahsulotni yoqadi/oʻchiradi

b

Tovush balandligi 3216.png 3228.png

Tovush balandligini sozlaydi

c

Bluetooth juftlashtirish 3244.png

Bu mahsulotga, masalan, smartfon kabi Bluetooth qurilmani uch daqiqa davomida juftlash imkonini beradi. ([Bluetooth orqali ulash” bo‘limiga qarang, 38-betda.)

d

Tovush effektlari 3262.png

Kerakli tovush effektini tanlash uchun shu tugmani bosing.

  • AI SOUND PRO: Sun’iy intellekt kontentingizga mos ravishda optimal tovush sozlamalarini tanlaydi.
  • STANDARD: Optimallashtirilgan tovushdan bahramand bo‘lishingiz mumkin.
  • CINEMA: Kontentni kinoteatrga o‘xshash 3D tovush bilan o‘ynating.
  • CLEAR VOICE PRO: Ovozning ravshanligini yaxshilaydi.
  • SPORTS: Stadiondagi kabi realistik tovush.
  • MUSIC: Musiqa uchun optimallashtirilgan tovushdan yanada yaxshi bahramand bo‘ling.
  • GAME: O‘yin uchun optimallashtirilgan tovush.
  • BASS BLAST (BASS BLAST+): Bas tovushlari kuchaytirilgan.

e

Tovushni sozlash 3273.png

Bu ulangan karnayning tovush darajasini sozlash imkonini beradi. Tovushni sozlash 3288.png tugmasini, so‘ngra Chap/O‘ng tugmasini bosib kerakli karnayni tanlang, keyin Yuqori/Pastga tugmasi bilan tovush balandligini oshiring/kamaytiring. Moslashtiriladigan karnaylar va sozlash oralig‘i quyidagicha:

  • Sabvufer: -15 ~ 6
  • Markaziy: -6 ~ 6
  • Orqa: -6 ~ 6
  • Trebl: -6 ~ 6
  • O‘rta: -6 ~ 6
  • Bass: -6 ~ 6
  • Subvufer darajasini sozlash faqat subvufer ulangan holdagina qo‘llaniladi.

f

Tovushni o‘chirish 3299.png

Bu mahsulotdan chiqadigan tovushni o‘chiradi.

g

Funksiya 3312.png

Kerakli kirish rejimi yoki funksiyani tanlash uchun bu tugmani qayta-qayta bosing.

h

Ma’lumot 3325.png

Ulangan kirish manbasi yoki Bluetooth ma’lumotlarini tinglang.

  • Optik/ARC: Joriy tovush manbasi.
  • Bluetooth: Agar Bluetooth qurilmasi ulangan bo‘lsa, siz “Ulandi” degan ovozni eshitasiz.
  • USB: Agar USB ulanmagan bo‘lsa, siz “USB yo‘q” degan ovozni eshitasiz.
  • Ovozli fikr bildirish funksiyasini yoqish yoki o‘chirish uchun tugmani 5 soniyadan ko‘proq bosib turing. (Faqat inglizcha ovoz) ([Ovozli fikr bildiruv funksiyasi” bo‘limiga qarang, 29-betda.)

i

Yuqori/Pastga/Chap/O‘ng 3339.png

Ushbu tugmalar qulay funksiyalar sozlamalarini o‘zgartirish uchun ishlatiladi.

3348.png

Chap/O‘ng: Oldingi qo‘shiqni ijro etish uchun Chap tugmasini bosing. Keyingi qo‘shiqni ijro etish uchun O‘ng tugmasini bosing.

j

Oʻynatish/Toʻxtatib turish 3361.png

Qo‘shiqni ijro etish yoki to‘xtatish uchun shu tugmani bosing.

  • Agar siz USB qurilmadagi musiqa fayllarini tinglayotgan bo‘lsangiz, 3 soniyadan ko‘proq ushbu tugmani bosib turib, so‘ngra kerakli Takrorlash opsiyasini tanlash uchun tugmani bir necha marta bosing.
  • REPEAT ONE: Joriy faylni qayta-qayta oʻynatadi.
  • REPEAT FOLDER: Faqat jild ichidagi fayllarni siklik tarzda oʻynatadi.
  • REPEAT ALL: Barcha fayllarni siklik tarzda oʻynatadi.
  • REPEAT SHUFFLE: Barcha fayllar o‘ynatib bo‘linguncha tasodifiy fayllarni o‘ynatadi, keyin o‘ynatishni tugatadi.
  • REPEAT OFF: Fayllarni tartib boʻyicha oʻynatadi, keyin oʻynatishni yakunlaydi.

k

Parametrlar 3370.png

Ushbu mahsulotning quyidagi sozlamalarini o‘zgartirish imkonini beradi: AUTO POWER, SURROUND, NIGHT TIME, DISPLAY, REAR CH CHANGE. Sozlamalar 3384.png tugmasini bosing va kerakli parametrni tanlash uchun Chap/O‘ng tugmasidan foydalaning, so‘ngra Yuqori/Pastga tugmasi bilan uni yoqing yoki o‘chiring.

  • AUTO POWER: Televizor yoki tashqi qurilma yoqilganda yoki o‘chirilganda, mahsulot ham avtomatik tarzda yoqiladi yoki o‘chadi. Bu faqat mahsulot televizorga optik kabel orqali ulanganida mavjud bo‘ladi. ([Avtomatik quvvat yoqilishi” bo‘limiga qarang, 26-betda.)
  • SURROUND: Atrof-muhit tovushi funksiyasi asl yozilgan kontentdagi kanallardan qat’iy nazar karnaylardan chiquvchi bir nechta audio kanallar tomonidan hosil qilingan qamrab oluvchi 3D tovishni eshitishga imkon beradi. ([Atrof-muhit tovushini yoqish/oʻchirish” bo‘limiga qarang, 14-betda.)
  • NIGHT TIME: Bu umumiy tovush balandligini pasaytiradi, biroq yumshoq va nozik tovushlar balandligini oshiradi. Bu funksiyadan kechqurun musiqa yoki film tomosha qilayotganda foydalanish qulay. ([Tungi rejim” bo‘limiga qarang, 26-betda.)
  • DISPLAY: Holat LED chirog‘i avtomatik, o‘chirilgan yoki yoqilgan tarzda boshqarilishi mumkin. ([Tasvir namoyishi” bo‘limiga qarang, 26-betda.)
  • REAR CH CHANGE: Orqa karnay holatini xohlaganingizcha o‘zgartirishingiz mumkin. ([Orqa kanal o‘zgarishi” bo‘limiga qarang, 26-betda.)

Qulaylik uchun turli sozlamalar